Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Hakala xonimning universitetimiz rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli mehmon bilan uchrashuvda yoshlar huquqlari, ta'lim va turizm yo‘nalishlarida hamkorlik dastur va loyihalari, iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar sohasida ko‘p qirrali hamkorlik kabi xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.
➖➖➖Ma'lumot o‘rnida, Terhi Hakala xonim uzoq yillik faoliyati davomida Finlandiyaning Jenevadagi BMT tuzilmalaridagi vakolatxonasi rahbari bo‘lgan. Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamentlarini boshqargan. 2021-yildan buyon Yevropa Ittifoqining maxsus vakilidir.